Iskandar Maxmudov

BYD kompaniyasi: Ta'minot zanjiri boshqaruvida innovatsion yondashuv

Elektr transport vositalari (EV) sanoati so’nggi yillarda misli ko’rilmagan o’sishni boshdan kechirmoqda. Dunyoning turli burchaklarida hukumatlar va avtomobil ishlab chiqaruvchilari karbonat chiqindilarini kamaytirish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash maqsadida elektromobil ishlab chiqarish va sotishni faol rag’batlantirishmoqda. Ushbu tendensiya ortida turgan asosiy omillardan biri bu - ta’minot zanjirini samarali boshqarish va shu orqali elektromobillarning narxini an’anaviy yoqilg’ida ishlaydigan avtomobillarga raqobatbardosh darajada ushlab turishdir. Ushbu maqolada biz Xitoyning yirik elektromobil ishlab chiqaruvchilaridan biri bo’lgan BYD kompaniyasining ta’minot zanjiri boshqaruvidagi innovatsion yondashuvini batafsil tahlil qilamiz.

Boeingning autsorsing strategiyasi va ishlab chiqarishda sifatning o’rni

2024-yil 5-yanvarda Alaska Airlines 1282-reysi bortidagi 171 nafar yo’lovchi triller kinofilmlaridan olingan stsenariyadek voqeaga duch kelishdi. Parvoz boshlanganidan 10 daqiqa o’tmay, yerdan taxminan 5000 km balandlikda uchib ketayotgan Boeing 737 Max 9 samolyotidagi favqulodda qo’llanish uchun mo’ljallangan orqa eshik qopqog’i kutilmaganda fyuzelyajdan uzilib, tashqaridagi ochiq havoga uchib ketdi va samolyot bortida katta teshik hosil bo’ldi. Yo’lovchilarning omadiga, samolyot boshqa muammolarsiz tezda Portland Xalqaro Aeroportiga qo’nishga muvaffaq bo’ldi. Bir necha kundan so’ng, Boeing aktsiyalarining qiymati birjada 7% (12 milliard dollar) ga tushib ketdi, shu turdagi 170 dan ko’p samolyotning AQSHda uchishi vaqtincha to’xtatildi, ba’zi yo’lovchilar o’z manzillariga yetib bora olishmadi va kompaniya obro’siga jiddiy zarar yetdi.

Ishonch formulasi

Ishonch - bu insonlar o’rtasidagi munosabatlarning negizi bo’lib, uning ahamiyati barcha sohalarda, ayniqsa, biznesda benihoya katta. “Ishonchli Maslahatchi” kitobining mualliflari - professor Deyvid Mayster, Charlz Grin va Robert Galford ishonchni quyidagi formula orqali ifodalashni taklif etishgan: Iqtibos Ishonch = (Qobiliyat x Ishonchlilik x Shaffoflik)/Shaxsiy manfaat Ushbu sodda, ammo chuqur ma’noga ega bo’lgan formula ishonchning to’rtta asosiy omilini o’zida mujassam etadi. Birinchisi - bu qobiliyat. U o’z sohangiz bo’yicha bilim va ko’nikmalaringizni anglatadi.

Ta'minot zanjiri boshqaruvining evolyutsiya bosqichlari

Har bir korxonaning ta’minot zanjiri tuzilmasi o’ziga xos bo’ladi. Lekin ularning barchasi barqaror ta’minot oqimini ta’minlashga va xarajatlarni kamaytirish uchun harakat qilishadi. Xo’sh, ta’minot zanjiri boshqaruvi qanday rivojlangan? Keling, uning evolyutsiyasining to’rt bosqichini ko’rib chiqamiz. 1-bosqich: Bir necha disfunktsiyali korxonaBu bosqichda tashkilotda intizomli boshqaruv yetishmaydi va tashqi aloqalar kuchsiz bo’ladi. Reaktiv ta’minot zanjiri xarajatlarga unchalik e’tibor bermasdan talabni qondiradi. 1-chizma axborot oqimlarining yoki potentsial hamkorlar o’rtasidagi mustahkam munosabatlarning yo’qligini ko’rsatadi.

Pandemiyadan saboqlar: biznesning uzluksizligi uchun ta'minot zanjiri mustahkamligining ahamiyati

Bugungi kunda global ta’minot zanjirlari misli ko’rilmagan darajada murakkablashib, ular turli xil tabiiy ofatlar, siyosiy inqirozlar, iqtisodiy beqarorlik va hatto pandemiyalar kabi ko’plab omillar ta’siriga duchor bo’lmoqda. Bunday o’zgaruvchan va noaniq sharoitda kompaniyalar o’zlarining ta’minot zanjirlarini uzluksiz faoliyat ko’rsatishini ta’minlash uchun barqarorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Ta’minot zanjirining barqarorligi kompaniyaning uzilishlar va beqarorliklardan qanchalik tez va samarali tiklana olishini belgilovchi muhim omildir. Ushbu maqolada biz ta’minot zanjirining barqarorligini oshirish uchun Toyota, Kenvue va AGCO kabi yetakchi kompaniyalar tomonidan qo’llanilgan strategiyalar va amaliyotlarni ko’rib chiqamiz hamda ulardan qanday qilib samarali foydalanish mumkinligi haqida fikr yuritamiz.

Ishlab chiqarish muvaffaqiyati sirlari: samaradorlikning asosiy KPI ko'rsatkichlari bo'yicha qo'llanma

Ishlab chiqarish murakkab va doimiy rivojlanib boruvchi faoliyat turi bo’lib, undagi muvaffaqiyat ishlab chiqarish samaradorligidan tortib to mijozlar ehtiyojini qondirishgacha bo’lgan ko’plab omillarga bog’liq. Bozorda raqobatchilardan ustunlikka erishish va daromadni oshirish uchun ishlab chiqaruvchilar o’zlarining biznes samaradorligini oshiradigan asosiy KPI ko’rsatkichlarni (inglizchadan Key Performance Indicators) yaxshi tushunishlari juda muhimdir. Lekin qayerdan boshlash kerak? Ushbu keng qamrovli qo’llanmada biz ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’llaniladigan tsikl vaqti va unumdorlikdan tortib, sof foyda marjasi va net promoter reytingi kabi eng asosiy KPI ko’rsatkichlari bilan tanishamiz.

Loyiha tuzish va uning boshqaruv jarayoni boshqichlari

1: Loyiha tuzish va uni boshqarishLoyiha boshqaruvi - bu ma’lum bir maqsadga erishish uchun resurslarni samarali tashkil etish, rejalashtirish va nazorat qilishning muhim jarayonidir. Loyihalar turli sohalarda, jumladan, qurilish, muhandislik, sog’liqni saqlash va moliya kabi sektorlarda keng qo’llaniladi. Loyihaning asosiy xususiyati shundaki, u noyob mahsulot, xizmat yoki natijani yaratishga qaratilgan vaqtinchalik sa’y-harakatdir. Loyihalar katta yoki kichik, oddiy yoki murakkab, arzon yoki juda qimmat bo’lishi mumkin, ammo ularning barchasi samarali boshqaruvni talab qiladi.

Toyota yo’li: Dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchining 14 ta boshqaruv printsiplari

Toyota Ishlab Chiqarish TizimiToyota kompaniyasi muvaffaqiyatining siri nimada? Bu savol ko’pchilikni qiziqtiradi. Javob esa Michigan Universiteti professori Jeffri Laykerning “Toyota yo’li: Dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchining 14 ta boshqaruv printsiplari” nomli xalqaro bestsellerida yotadi. Kitob 2004 yilda nashr etilgan bo’lsada, hozirgi kunda ham ishlab chiqarish sohasida keng qo’llaniladi. Kitobda nafaqat Toyota kompaniyasining muvaffaqiyati, balki uning mashhur Toyota Ishlab Chiqarish Tizimi (Toyota Production System) haqida ham batafsil yozilgan. Bu tizim 1990-yillarda “tejamkor ishlab chiqarish” tushunchasiga asos soldi va korporativ madaniyatning muhim qismiga aylandi.

5S tushunchasi va uning amaliyotda qo'llanilishi

Tejamkor ishlab chiqarish* instrumentlaridan biri sifatida 5S nafaqat ish joyini tartibga solishda, balki ish unumdorligi, xavfsizligi va sifatini oshirish hamda umumiy xarajatlarni kamaytirish uchun ham qo’llaniladi. 5S tushunchasi yapon tilidan kelib chiqqan bo’lib, quyidagi 5 ta so’zning qisqartmasidir: Seiri (Saralash) Seiton (Tartibga keltirish) Seiso (Tozalash) Seiketsu (Standartlashtirish) Shitsuke (Barqarorlashtirish) * Ingliz tilida “lean manufacturing”, rus tilida “бережливое производство” Seiri (Saralash)Seiri bosqichida ish joyidagi barcha buyum va jihozlar kundalik ishda zarur va zarur bo’lmaganlariga ajratiladi.

Avval tushunishga, keyin tushunilishga intilmoq - samarali muloqotning kaliti

Agar mijozingiz biron sabab tufayli jahli chiqib norozilik bildirayotgan paytda vaziyatni yumshatish uchun qanday yondashgan va unga nima degan bo’lar edingiz? Nega o’zini sohasida bilimi juda kuchli bo’lmasa ham ba’zi hamkasblaringiz lavozim pog’onalarida tezroq ko’tarilishadi? Nega ishdagi biron muammoga sizning nazaringizdagi eng zo’r (texnik) yechim bo’lishiga qaramasdan uni amalda oshirish siz kutganingizdan ko’ra ko’proq vaqt oladi? Agar ushbu savollarga javoblarni bilmoqchi bo’lsangiz, maqolani o’qishda davom eting. Professional ko’nikmalar odatda “qattiq” (ruschada “твердые навыки”, inglizchada “hard skills”) va “yumshoq” (“гибкие навыки”, “soft skills”) ko’nikmalarga bo’linadi.