5S

5S tushunchasi va uni qo’llanishi

Tejamkor ishlab chiqarishning* instrumentlaridan biri 5S hisoblanadi. 5S ish joyini nafaqat tartibga keltirishda, balki ish unumdorligini, xavfsizligini va sifatini oshirishda va umumiy xarajatlarni kamaytirish uchun qo’llaniladi. Uning kelib chiqishi yapon tilidagi 5 ta so’zlarning qisqartmasidan paydo bo’lgan:

  • Seiri (Saralash)
  • Seiton (Tartibga keltirish)
  • Seiso (Toza tutish)
  • Seiketsu (Standartlashtirish)
  • Shitsuke (Barqarorlashtirish)

* Ingliz tilida “lean manufacturing”, rus tilida “бережливое производство”

5S


Seiri (Saralash)

Seiri boshqichda ish joyidagi barcha jihozlar kundalik ishda zarur va zarur bo’lmagan guruhlarga ajratiladi. Bu bosqichdan maqsadlar bir nechtadir:

  • Jihozlarni sonini kamaytirish orqali ularni qidirishga ketadigan vaqt yo’qotishlarni qisqartirish
  • Ishdan buyum-ashyolar sababli chalg’ish imkoniyatlarini kamaytirish
  • Ish joyini vizual tekshirishlarni onsonlashtirish
  • Ortiqcha buyumlarni olib tashlash hisobiga foydali ish joyini kengaytirish
  • Ba’zi ish faoliyatidagi ashyoviy to’siqlarni bartaraf qilish orqali ish joyini havfsizligini oshirish

Qo’llanilishi: ish joydagi barcha jihozlar tekshiriladi va ularning joylashuvi foydali yoki kerak emasligi baholanadi. Keraksiz narsalarni iloji boricha tezroq olib tashlaniladi. Olib tashlash mumkin bo’lmagan narsalarni darhol “qizil yorliqlar” bilan belgilanilsa ularni keyinchalik olib tashlash oson bo’ladi. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallardan tashqari ishchi polni boshqa materiallardan toza tutish kerak bo’ladi.

Seiton (Tartibga keltirish)

Seiton boshqichida ajratilgan barcha jihozlarni o’z funktsiyasini bajarish uchun ish joyidagi optimal joylashuvi aniqlanib belgilaniladi. Bu esa o’z o’rnida kerak bo’lgan jihozlarni tez topilishi orqali xodimlarning ishini onsonlashtirishga yordam beradi.

5S ni qo’llanilishiga misol

Qo’llanilishi: ish dastgohlarini joylashtirayotganda asbob-uskunalar va jihozlar bir-biriga yaqin, ishlatilishiga qarab mantiqiy tartibda joylashtirilsa, xodimlarga ular bilan ishlash qulayroq bo’ladi. Masalan, tez-tez ishlatiladigan jihozlar ish dastgohiga nisbatan eng yaqin, topish va olish oson bo’lgan joyda saqlash mumkin. Joyi tayin jihozlarni rangli etiketkalar va belgilar bilan belgilab saqlash joyi aniq qilib qo’yilsa, ularni ishlatib bo’lib to’g’ri joyiga qaytarish va yetishmayotgan jihozlarni aniqlab olish mumkin.

Seiso (Toza tutish)

Seiso ish joyini, barcha dastgohlarni va jihozlarni doim toza ushlashni ko’zda tutadi. Bu ish onson tuyulsada, unga muntazam ravishda amal qilishga erishish boshida ko’proq e’tiborni talab qilishi mumkin. Tozalash paytida jihozlarni tekshirilib turilishi ulardagi nosozliklarni aniqlashga va darrov tuzatishga imkon yaratadi.

Qo’llanilishi: tozalash kundalik ishning bir qismi bo’lishi kerak: bunga javobgar shaxslarni tayinlanishi, tozalash jadvallari tuzilishi va xodimlar kerakli tozalash vositalari bilan ta’minlanishi yordam beradi.

Seiketsu (Standartlashtirish)

Seiketsu boshqichiga yuqorida aytib o’tilgan 3 ta S-larga tegishli jarayonlarni standartlashtirish kiradi. Ularni amalga oshirish uchun protseduralar yaratilib, ularni qo’llanishini tekshirib turish uchun auditlar o’tkazib turiladi. Protseduralarni xodimlar uchun tushunish oson bo’lish uchun vizual ma’lumotlardan va ish joyi treninglaridan foydalanish mumkin.

Shitsuke (Barqarorlashtirish)

Shitsuke bosqichiga amalga oshirilgan jarayon takomillashtirishlarni yana oldingi eski holatiga qaytmaslikni oldini olish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kiradi. Masalan, auditlar, treninglar va xodimlarni ijobiy rag’batlantirish kabi ishlar shular jumlasidandir.

Sharhlash

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top