Toyota yo’li: Dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchining 14 ta boshqaruv printsiplari

Mavzular - Kitoblar to'plami

Toyota kompaniyasi muvaffaqiyatining siri nimada? Bu savol ko’pchilikni qiziqtiradi. Javob esa Michigan Universiteti professori Jeffri Laykerning “Toyota yo’li: Dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchining 14 ta boshqaruv printsiplari” nomli xalqaro bestsellerida yotadi. Kitob 2004 yilda nashr etilgan bo’lsada, hozirgi kunda ham ishlab chiqarish sohasida keng qo’llaniladi.

Kitobda nafaqat Toyota kompaniyasining muvaffaqiyati, balki uning mashhur Toyota Ishlab Chiqarish Tizimi (Toyota Production System) haqida ham batafsil yozilgan. Bu tizim 1990-yillarda “tejamkor ishlab chiqarish” tushunchasiga asos soldi va korporativ madaniyatning muhim qismiga aylandi. Tizimning eng asosiy tushunchalaridan biri – kaizen, ya’ni doimiy takomillashuvdir.

Ma'lumot
“Tejamkor ishlab chiqarish” – bu jarayonlardagi iste’molchi nazarida qo’shimcha foyda qo’shmaydigan yo’qotishlarni (waste/потеря) kamaytirish uchun foydalaniladigan tizimli usul hisoblanadi.

Taiichi Ono - Toyota Ishlab Chiqarish Tizimini asoschisi
Taiichi Ono:”Faqat kerakli narsani zarur bo’lganda va miqdorda ishlab chiqaring"

Iqtibos
Biz qilayotgan ishlarni barchasi faqat mijoz bizga buyurtma bergan vaqtdan boshlab undan naqd pul to’lovini olguncha bo’lgan vaqt oralig’i chizig’iga qarashdir. Keyin biz shu vaqt chizig’ini foyda bermaydigan yo’qotishlarni olib tashlash orqali qisqartiramiz.
  1. Uzoq muddatli foyda keltiruvchi qarorlar qabul qilish. Bu kompaniyaning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
  2. Doimiy jarayon oqimini yaratish. Bu orqali muammolar tezda aniqlanadi va bartaraf etiladi.
  3. Ortiqcha ishlab chiqarishni oldini olish uchun xaridor talabiga moslashuvchan tizimlardan foydalaning. Bu ortiqcha ishlab chiqarishning oldini oladi. 4.Ishlab chiqarishdagi yuklamalarni tekislash (heijunka). Bu resurslardan oqilona foydalanishga yordam beradi.
  4. Sifatni ta’minlash uchun ishlab chiqarishni to’xtatish madaniyatini shakllantirish. Bu muammolarni tezkorlik bilan hal qilishga undaydi.
  5. Standartlashtirish va doimiy takomillashtirish. Bu xodimlar salohiyatini oshiradi.
  6. Vizual nazoratdan foydalanish. Bu shaffoflikni oshiradi va muammolarni yashirmaydi.
  7. Sinchkovlik bilan sinovdan o’tgan texnologiyalarni qo’llash. Bu ishonchlilikni oshiradi.
  8. Yetakchilarni o’stirish va rivojlantirish. Ular kompaniya falsafasini yaxshi tushunib, boshqalarga o’rgatadi.
  9. G’ayrioddiy xodimlar va guruhlarni shakllantirish. Ular kompaniya rivojiga katta hissa qo’shadi.
  10. Yetkazib beruvchilar bilan yaqin hamkorlik qilish va ularni rivojlantirish. Bu butun tarmoqni takomillashtiradi.
  11. Vaziyatni o’rganish uchun shaxsan borib ko’rish (Genchi Genbutsu). Bu to’g’ri qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
  12. Barcha variantlarni sinchkovlik bilan ko’rib chiqish va tezkorlik bilan amalga oshirish (Nemawashi). Bu moslashuvchanlikni oshiradi.
  13. Doimiy aks ettirish (Hansei) va takomillashish (Kaizen) orqali o’rganib rivojlanish. Bu kompaniyani raqobatbardosh qiladi.

Toyota Ishlab Chiqarish Tizimi va uning printsiplari nafaqat Toyota, balki boshqa ko’plab kompaniyalar muvaffaqiyatining kaliti bo’lib xizmat qilmoqda. Ushbu tizimni tushunish va qo’llash orqali har qanday tashkilot o’z samaradorligini oshirishi mumkin. Zero, bugungi raqobatdosh bozorda muvaffaqiyatga erishish uchun doimiy takomillashuv va innovatsiyalar zarur. Toyota yo’li esa bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Telegram kanal
Agar ushbu maqola sizga foydali bo’lgan bo’lsa, uni hamkasblaringiz va do’stlaringiz bilan ulashing. Tejamkor ishlab chiqarish, loyiha boshqaruvi, ta’minot zanjirlari va samaradorlik mavzularida ko’proq ma’lumot olish uchun bizning “Microblog” Telegram kanalimizga a’zo bo’ling.

O'xshash maqolalar