Qiziqarli taqdimot yaratish uchun nimalar muhim?

O’qish davrida yoki ish faoliyatini boshlaganimizda eng kerakli ko’nikmalardan biri – taqdimot yaratishni o’rganish desak mubolag’a bo’lmaydi. O’zimni tajribamdan eslayman, talabalik davrida Microsoft PowerPoint dasturida ko’p slaydlar tayyorlar edim. Lekin qanday qilib effektiv taqdimot (ya’ni prezentatsiya) yaratishni keyinchalik o’rganishga imkoniyat tug’ilgandi. Bugungi postimda ushbu mavzuni asosiy tomonlarini yoritishga harakat qilaman.

Audience at the conference hall.

Taqdimot yaratishdan oldin quyidagi savollarga javob topilsa, uni ustida ishlashga ketgan vaqtimiz samarali sarflanadi deb o’ylayman:

Taqdimot tinglovchilari
Mening auditoriyam kimlar va ularning taqdimotdagi ehtiyojlari nimada? Tinglovchilarning yoshi, mutahassisligi, qiziqishlari va taqdimot joyi kabi faktorlar uning uslubini to’gri tanlashda yordam beradi.

Taqdimot maqsadi
Taqdimotdan ko’zlangan maqsad nima? Qaysi eng asosiy g’oyani tinglovchilar bilan ulashmoqchiman va uni evaziga o’zim nima olmoqchiman? Odatda tinglovchilarga taqdimot boshida nima haqida gapirmoqchiligingizni, keyin o’rtada shu firkni gapirib, uning ohirida yana xuddi shu firkni ta’kidlab yakunlashni maslahat beriladi.

taqdimot_1

Taqdimot mavzusi
Tinglovchilar nega o’z vaqtlarini aynan mening taqdimotim uchun ketkazishlari kerak?Ularni taqdimotim nimasi bilan o’ziga jalb eta oladi?

taqdimot_6

Taqdimot jarayoni
Taqdimotimni uzoqliqi qanday bo’ladi? Nechta slaydlar kerak bo’ladi? Uni qanday boshlayman va olib boraman? Savollar qachon berilishi mumkin?

Shundan so’ng taqdimotni tuzilishini o’ylab ko’rsak bo’ladi: buning uchun tinglovchilar uchun tayyorlangan asosiy g’oyani mantiqiy bo’laklarga bo’lib hikoya shaklida yoritish mumkin.

taqdimot_2

Misol uchun, avtomashinani haydash haqida taqdimot tuzilmasi:

taqdimot_3

Tinglovchilar ma’lumotni qanday qabul qilishlari muallif o’z fikrini qanday bayon qilishga ham bog’liq bo’ladi.

 

taqdimot_4

Slaydlar sonini taqdimotni davomiyligiga qarab iloji boricha kamroq qilish, ularda multimedia fayllaridan (rasm, video, musiqa) foydalanish va (oynani oldida turib) yetarlicha tayyorgarlik ko’rish hikoyani tinglovchilarga aniq yetkazib berishni onsonlashtiradi.

taqdimot_10

Shu qatorda taqdimot qiluvchiga to’g’ri qo’llanilgan o’zini non-verbal harakatlari tinglovchilar bilan “bog’lanish”ga va ularni bayon qilinayotgan fikrlarga ishontirishga yordam beradi. Misol uchun quyidagilarni keltirish mumkin:

  • Ko’zni auditoriyadagi tinglovchilarga qaratib gapirish;
  • Sahnada bemalol yurib harakatlanish va taqdimotni qismlarini turli nuqtalardan bayon qilish;
  • Gavdani tik va qo’llarni ochiq tutish;
  • Joyida jilmayish, boshni qimirlatib tasdiqlash, imo-ishoralarni qo’llash;
  • Xavotirlanganda yoki qiyin savollar berilganda chuqur nafas olish.

taqdimot_5

Taqdimotlar tajribada qancha ko’p qo’llanilsa, odamda o’ziga bo’lgan ishonchi va mahorati shunga yarasha oshib boraveradi deb o’ylayman. Blog postimni yakunida ushbu mavzuda sizning ham fikr va mulohazalaringizni kutib qolaman.

Leave a reply:

Your email address will not be published.

Site Footer

Sliding Sidebar

Ijtimoiy sahifalar

Muallif haqida

Muallif haqida

Mening ismim Iskandar Maxmudov. Toshkent shahrida tug'ilib o'sganman. Kasbim - sanoat muhandisligi, ushbu yo'nalish bo'yicha Eindhoven Texnika Universitetida professional doktoranturani tamomlaganman. Hozirda Niderlandiya Qirolligida joylashgan xalqaro kompaniyada ish tajribamni oshirib kelayapman. Bildirilgan barcha fikrlar mening shaxsiy fikrlarim, vaqtga qarab ular ham o'zgarib turadi.