Web sahifani ochish tezligini oshirishning bir usuli

Websahifalarga odatda eslab qolish onsonroq bo’lishi uchun o’zimiz tushunadigan nomlar beriladi. Masalan, kun.uz yoki google.com kabi nomlar haqida ko’p eshitganmiz. Lekin har bir nomni router va kommutatorlar tushunadigan IP manzilga aylantirib berish Domen Nomi Tizimi (Domain Name System) kataloglari xizmati orqali amalga oshiriladi. DNT xizmati ko’pincha internet servis provayderlar yoki boshqa katta IT kompaniyalar tomonidan taqdim etiladi. Eng mashhurlari – Google Public DNS (asosiy: 8.8.8.8, ikkilamchi: 8.8.4.4) va OpenDNS (asosiy: 208.67.222.222, ikkilamchi: 208.67.220.220) xizmatlaridir.

Yaqinda Cloudflare degan taniqli kompaniya ham o’zini ommaviy DNT xizmatini ishga tushirdi. Ularning ta’kidlashicha, yangi xizmatdan foydalanilganda Internetda ishlash tezligi boshqalarga nisbatan o’rtacha 28% tezroq ishlar ekan.

Cloudflare DNS 1.1.1.1 test

Kompyuterda Cloudflare DNS xizmatidan foydalanishni tiklash uchun ikki daqiqa vaqt oladi va chuqur texnik bilim yoki biron dasturni talab qilmaydi. Bizda aksariyat Windows operatsion sistemalari rus tilida bo’lgani uchun, istruktsiya va rasmlar rus tilida beriladi. Postni ohirida ingliz tilida video ham bor. Boshqa platformalar yoki router uchun https://1.1.1.1 ni qarasangiz bo’ladi.

1-qadam: Win + I tugmalarini bosish orqali Windows sozlamalarini oching yoki Start menyusidagi tishli belgini bosing.

2-qadam: “Сеть и интернет” → “Состояние” → “Настройка параметров адаптера” ga o’ting.

3-qadam: Ochilgan “Сетевые подключения” oynasida siz ulangan tarmoq ustida o’ng tugmasini bosing va “Свойства” tugmasini bosing (ulanish turiga qarab Wi-Fi yoki Ethernet bo’lishi mumkin).

4-qadam: Ulanish xususiyatlarida IP-versiya 4 (TCP\IPv4) yoki IP-versiya 6 (TCP\IPv6) versiyasini tanlang.

5-qadam: “Свойства” tugmasini bosing.

6-qadam: IP-Versiya 4 xususiyatlar sahifasida (TCP/IPv4) – “Использовать следующие адреса DNS-серверов” ni tanlang va “Предпочитаемый DNS-сервер” ga – 1.1.1.1, “Альтернативный DNS-сервер” ga – 1.0.0.1 sonlarini kiriting (nuqta o’zi qo’yiladi). IPv6 uchun: 2606: 4700: 4700 :: 1111 va 2606: 4700: 4700 :: 1001.

7-qadam: “OK” tugmasini bosing va yana “OK” ni bosing.

8-qadam: brauzerni qayta ishga tushiring.

Sizning kompyuteringiz tezroq va xavfsizroq Cloudflare DNS-serverlaridan foydalanishga tayyor.

Leave a reply:

Your email address will not be published.

Site Footer

Sliding Sidebar

Ijtimoiy sahifalar

Muallif haqida

Muallif haqida

Mening ismim Iskandar Maxmudov. Toshkent shahrida tug'ilib o'sganman. Kasbim - sanoat muhandisligi, ushbu yo'nalish bo'yicha Eindhoven Texnika Universitetida professional doktoranturani tamomlaganman. Hozirda Niderlandiya Qirolligida joylashgan xalqaro kompaniyada ish tajribamni oshirib kelayapman. Bildirilgan barcha fikrlar mening shaxsiy fikrlarim, vaqtga qarab ular ham o'zgarib turadi.